Oʻzbek va rus tilli saytlar uchun texnik SEO audit. Sayt kodini oʻqiymiz, Search Console raqamlari bilan solishtiramiz va tuzatish kerak boʻlgan narsalarni muhimlik tartibida beramiz — tayyor kod bilan.
Birinchi audit bepul. Natijani koʻrasiz, keyin qaror qilasiz.
Javob 2 ish kuni ichida · Saytingizga hech narsa oʻzgartirilmaydi · Search Consoleʼga faqat oʻqish huquqi
Sayt qidiruvda koʻrinishi uchun kamida uch xil odam kerak boʻladi. Ular alohida ishlaydi, bir-biri bilan kelishmaydi, va natija oy oxirida Excel faylda keladi — mijoz nima boʻlayotganini tushunmaydi.
Auditni oʻtkazadi, strategiya yozadi. Koʻpincha shu bosqichdayoq hisob bir necha yuz dollar boʻladi.
Kalit soʻzlarni yigʻadi, matn yozadi. Oʻzbek tilida sifatli kontent hali ham kam.
Teglarni, schemani, tezlikni tuzatadi. Uning navbatida sizning vazifangiz oxirgi oʻrinda turadi.
Oʻzbekistonda SEO xizmatlari odatda oyiga 300–2 000 dollar turadi. Ranklo shu ishning takrorlanadigan qismini — texnik tekshiruv, prioritetlash, matn va kod tayyorlash — mashinaga topshiradi. Qaror va tasdiqlash sizda qoladi.
Bularning hammasi bugun ishlaydi — kelajakdagi rejalar emas.
Ochilmaydigan sahifalar, kutilmagan noindex, canonical ziddiyati, yetim sahifalar, redirect zanjiri, sitemap nomuvofiqligi.
Ikki tilli saytlarning eng koʻp uchraydigan xatosi. Versiyalar bogʻlanmasa Google ularni dublikat deb biladi va bittasini tashlaydi.
Search Console maʼlumoti bilan: koʻp koʻrsatish oladigan sahifadagi xato birinchi turadi. Hech kim koʻrmaydigan sahifadagi xato — oxirida.
title, description, H1 — oʻzbekcha va ruscha. Ruscha variant tarjima emas: rus tilida qidiradigan odam yozadigan soʻzlar bilan.
Organization, LocalBusiness, Product, FAQPage — saytga nusxa olib qoʻyiladigan tayyor kod.
SEO bilmagan odam ham oʻqiy oladigan hujjat: salomatlik bali, muammolar tartibi, har biriga tuzatish.
Sayt tashqaridan yaxshi ishlaydi, dizayni ham joyida. Lekin kod ichida Google uchun bir-biriga zid ikkita koʻrsatma turibdi:
148 ta mahsulot sahifasi sitemap.xml da turadi — yaʼni sayt Googleʼga «bu sahifalarni indeksla» deydi. Ayni paytda oʻsha sahifalarning canonical tegi /ru/ versiyaga ishora qiladi — yaʼni «bularni emas, ruschasini indeksla».
Ustiga 304 sahifadan 301 tasida lang="ru" turibdi: oʻzbekcha manzilda ham ruscha kontent. Amalda saytning oʻzbekcha versiyasi yoʻq, lekin qidiruv tizimi uni bor deb hisoblab, crawl byudjetini sarflab yuribdi.
Bu xatoni koʻz bilan topib boʻlmaydi — u faqat kod va sitemapni birga oʻqiganda koʻrinadi.
Google algoritmini, raqobatchilaringizni va domen tarixini biz nazorat qilmaymiz. Shuning uchun faqat oʻzimiz nazorat qiladigan narsalarga kafolat beramiz.
| Koʻrsatkich | Oʻzgaradimi |
|---|---|
| Texnik xatolar soni | darhol |
| Salomatlik bali | darhol |
| Schema qamrovi | darhol |
| Mobil tezlik (PageSpeed) | darhol |
| Indekslangan sahifalar | 2–3 hafta |
| Koʻrinadigan soʻrovlar soni | koʻpincha |
| Oʻrtacha pozitsiya | qisman |
| TOP-3 kalit soʻzlar | 60–90 kun |
Boshqa hech narsa kerak emas. Search Consoleʼga oʻqish huquqi boʻlsa — audit ancha aniqroq chiqadi.
Saytni aylanib chiqamiz, 15 ta tekshiruvni ishga tushiramiz, natijani muhimlik tartibida joylaymiz.
PDF yuboriladi va 30 daqiqa gaplashamiz: nima buzuq, nima qancha turadi, nimadan boshlash kerak.
Hisobotni olib, oʻz dasturchingizga berishingiz mumkin — u sizniki. Yoki tuzatishni bizga topshirasiz.
Hozircha cheklangan sondagi sayt uchun — tizim yangi va har bir natijani qoʻlda tekshiryapmiz.
Istalgan oyda toʻxtatasiz. Shartnoma majburiyati yoʻq.